Daryo

Dunyodagi eng yosh milliarder bolalar qanday ko‘rinishga ega?

To‘qqiz yoshidan boshlab Leanna katta buvisining oilaviy retsepti asosida o‘zi ixtiro qilgan lab bo‘yog‘ini sotadi. Mahsulot sotuvi oshganida qiz o‘zining kosmetika tarmog‘ini kengaytirdi

3 daqiqa o‘qish44 903 ko‘rishlar0 izoh1

Zamonaviy bolalar uchun mantiq xuddi shunday ishlaydi: ular 24/7 ofisda bo‘lishni, daromadlarini tadbirkor amakilariga berishni xohlamaydilar. Ko‘pchilik yoshligidan blog yuritishni boshlaydi va ulardan katta miqdorda pul ishlab oladi. Albatta, bu yosh iste’dodlar cho‘qqilarni zabt etayotgan yagona soha emas, ammo aynan blog yuritish ular orasida ustunlik qiladi.

Jordan Keysi, Jonni Siva, Nastya Radzinskaya
Foto: Legion Media / Getty Images

Keling, bu maqomga erta yoshda erishgan millionerlar haqida so‘z yuritamiz, deb yozadi Wday nashri.

Joel Jonni Siva, bloger

Joel raqsga tushadi, qo‘shiq aytadi, aktrisa va taniqli bloger. Uning onlayn akkauntiga 8 milliondan ortiq foydalanuvchi obuna bo‘lgan. 2021-yil yanvar holatiga ko‘ra, Joelning boyligi 12 million dollarga baholanmoqda.

Joel Jonni Siva
Foto: Legion Media

Qizcha Nebraskada tug‘ilgan va bir nechta raqs realiti-shoularida ishtirok etishi tufayli mashhur bo‘lgan. 12 yoshida u raqamli “Bumerang” qo‘shig‘ini chiqardi, uning videosi 810 milliondan ortiq tomosha qilindi. 13 yoshida Joel ommaning “sevimli virusli musiqa san’atkori” sifatida nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi.

Jordan Keysi, dasturchi

Jordan haqiqiy daho. 9 yoshidan boshlab u dasturlash bilan faol shug‘ullanadi. 12 yoshida u iTunes-da muvaffaqiyatli — eng ko‘p sotilgan o‘yinni yaratdi.

Jordan Keysi
Foto: Tristan Fewings / Getty Images

Jordan o‘smirlik chog‘ida o‘zining Casey Games kompaniyasiga asos solgan va IOS uchun mobil ilovalarni ishlab chiqishni boshlagan. Hozirda u loyihani va bir nechta startaplarni boshqaradi. Bunda unga ota-onasi yordam beradi.

Jordaning iqtisodiy daromadi sir saqlanadi. Biroq u millioner ekanligini yashirmaydi.

Izabella Barret, model

Izabella modellashtirish biznesiga juda erta kirib kelgan. 4 yoshida u o‘zining birinchi millionini ishlab topdi, 11 yoshida esa xalqaro go‘zallik tanlovlarida ko‘plab g‘alabalarga erishdi.

Izabella Barret
Foto: Lars Niki / Getty Images for Cosmopolitan NYFW

Shu bilan birga Izabella nafaqat model va qo‘shiqchi, balki yosh tadbirkor hamdir. 6 yoshida qizaloq Glitzy Girl brendi ostida bolalar uchun kosmetika va zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha biznesni yo‘lga qo‘ydi. Tabiiyki, bu uning ota-onasi ko‘magida amalga oshdi.

Hozirda Izabella hisobida 2 million dollardan ortiq mablag‘ bor. Ota-onasi o‘z orzularini amalga oshirishi va kelgusida o‘zini cheklamasligi uchun qizining kelajagiga pul sarflashlarini tan olishadi.

Leanna Archer, tadbirkor

To‘qqiz yoshidan boshlab Leanna katta buvisining oilaviy retsepti asosida o‘zi ixtiro qilgan lab bo‘yog‘ini sotadi. Mahsulot sotuvi oshganida qiz o‘zining kosmetika tarmog‘ini kengaytirdi.

Leanna Archer
Foto: Bennett Raglin / Getty Images

Bugungi kunda uning kompaniyasi yiliga 100 ming dollardan ortiq daromad keltiradi va boyligi 3 million dollarga baholanadi. Bundan tashqari, Leanna Gaitilik bolalarni qo‘llab-quvvatlovchi The Leanna Archer Education Foundation tashkilotiga asos solgan.

Nastya Radzinskaya, bloger

Nastya Radzinskaya
Foto: Wday

Nastya Radzinskaya ismli qiz bor-yo‘g‘i 9 yoshda, biroq bir necha yil oldin u 12 milliondan ortiq obunachiga ega Like Nastya kanali tufayli mashhur internet yulduziga aylandi. O‘z videolarida bola sovg‘alarni ochadi, o‘ynaydi, do‘konlarga tashrif buyuradi. Qizning oilasi birgina reklamaning o‘zidan oyiga 5 million rubl ishlab topadi.

Nikita Smirnov, SMM mutaxassisi

Yana bir yosh rossiyalik millioner. U “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida profillarni targ‘ib qiladi. O‘z biznesini 12 yoshida boshlagan bolakay 14 yoshida guruhlarni reklama qilishni boshladi va 16 yoshida 1 million rubl ishlab topdi.

Nikita Smirnov
Foto: Wday

18 yoshga to‘lganda yigit oyiga 1 million rublga yaqin maosh ola boshladi, hozir u 20 yoshda, daromadi esa oyiga 2 million rublni tashkil etadi. Nikita yanada yuqori daromadlar uchun harakat qilishda davom etmoqda, Nikita 30 kalendar kuniga kamida 1 million dollar topishni maqsad qilgan.

Emil Motika, tadbirkor

Emil Motika
Foto: Wday

Emil moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mutaxassis. U 9 ​​yoshida maysa o‘rish biznesini boshlagan. Vaqt o‘tishi bilan bola ish ko‘lamini kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. 13 yoshida u 8 ming dollar kredit oldi va professional maysa o‘radigan uskuna sotib oldi. 18 yoshida Emil o‘zining Motycka Enterprises kompaniyasiga asos solgan va bir mavsumda 100 ming dollar ishlab topgan. Bugungi kunda bu biznes Motikaga millionlab daromad keltirishda davom etmoqda.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar