Daryo

Ispaniya janubida havo harorati deyarli 50 darajaga yetdi

Issiq harorat allaqachon fojiali oqibatlarga olib keldi: 47 yoshli ferma ishchisi issiq urishdan vafot etdi

1 daqiqa o‘qish22 654 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniyada rekord darajadagi issiq havo kuzatilmoqda. Sevilya va Kordovada harorat 48 darajadan oshiqni ko‘rsatmoqda, deb xabar berdi MIR 24.

Hududlarda xavfning “qizil” darajasi e’lon qilindi. Ochiq havoda ishlaydigan odamlar uchun ish kuni qisqartirildi. Issiq harorat allaqachon fojiali oqibatlarga olib keldi: 47 yoshli ferma ishchisi issiq urishdan vafot etdi.

Sayyohlar va mahalliy aholi kafe hamda muzeylarda quyoshdan yashirinmoqda. Ammo muzdek suv, shlyapa va quyoshga qarshi krem sotuvchilarining daromadi sezilarli darajada oshdi.

2022-yildagi yoz fasli shu paytgacha Yevropadagi eng issiq yoz hisoblangandi. Ammo meteorologlarning ta’kidlashicha, har bir keyingi yil yanada issiqroq bo‘ladi. Bu yil bahorda Ispaniyada harorat taxminan 35 darajani tashkil etdi, bu odatdagidan ancha yuqori hisoblanadi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar