Daryo

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Urugvay bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi

Uchrashuvda O‘zbekiston U-20 futbolchilari mag‘lubiyatga uchradi

1 daqiqa o‘qish30 378 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi O‘zbekiston vaqti bilan 14-may tongida Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvning 70-daqiqasida Fabrisio Dias penaltidan gol urgan holda urugvayliklarni oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Anderson Duarte jamoasining ikkinchi golini urdi.

Bu Ravshan Haydarov jamoasi uchun Argentinada o‘tadigan U-20 Jahon chempionati oldidan so‘nggi o‘yin bo‘ldi.

Osiyo chempionlari 20-may kuni musobaqaning ochilish o‘yinida Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, A guruhidan Yangi Zelandiya va Gvatemala U-20 terma jamoalari ham o‘rin olgan.

Avvalroq Haydarov kichik mundialga yo‘l olgan tarkibni e’lon qilgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar