Daryo

“Neftchi” va “Navbahor” klublariga transfer taqiqi qo‘yildi

Klublar sobiq futbolchilari oldidagi qarzini uzmagani uchun jazolangan

1 daqiqa o‘qish12 058 ko‘rishlar0 izoh0

“Neftchi” va “Navbahor” futbol klublariga O‘FA tomonidan transfer taqiqi qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyevning ma’lum qilishicha, bunga klublarning sobiq futbolchilar oldidagi qarzini uzmaganligi sabab bo‘lgan.

Futbolchilar uyushmasi O‘FAga Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaning bu holat bo‘yicha chiqargan qarorini bajarmagan “Neftchi” va “Navbahor”ga nizomda ko‘rsatilgan sanksiyalarni qo‘llashni so‘rab murojaat qilgan.

Bunga javoban O‘FA ushbu klublarning yozgi va qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni PFL ro‘yxatidan o‘tkazishga taqiq qo‘yilganini ma’lum qilgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar