Daryo

O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi. Osiyo Kubogi—2023 guruh bosqichiga qur’a tashlandi

Musobaqa 2024-yilning boshida Qatarda bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish18 968 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2023 musobaqasining guruh bosqichiga 11-may, payshanba kuni qur’a tashlandi.

Foto: OFK

Qur’ada ikkinchi savatchadan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi B guruhidan o‘rin oldi. Srechko Katanes shogirdlari guruhda Avstraliya, Suriya va Hindiston terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

A guruhi

  • Qatar
  • Xitoy
  • Tojikiston
  • Livan

B guruhi

  • Avstraliya
  • O‘zbekiston
  • Suriya
  • Hindiston

C guruhi

  • Eron
  • BAA
  • Gonkong
  • Falastin

D guruhi

  • Yaponiya
  • Indoneziya
  • Iroq
  • Vyetnam

E guruhi

  • Janubiy Koreya
  • Malayziya
  • Iordaniya
  • Bahrayn

F guruhi

  • Saudiya Arabistoni
  • Tailand
  • Qirg‘iziston
  • Ummon

Osiyo Kubogi—2023 musobaqasi 2024-yilning 12-yanvaridan 10-fevraliga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Avvaliga ushbu musobaqa 2023-yilning iyun va iyul oylarida Xitoy o‘tishi rejalashtirilgandi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab Xitoy turnir mezbonligidan voz kechgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar