Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. 9-may kuni 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi

Ikki bokschi kunduzgi, yana uch nafari kechki dasturda jang qiladi

1 daqiqa o‘qish25 322 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 9-may kungi bahslarida besh nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.

Foto: Boks federatsiyasi

Hasanboy Do‘stmatov va Saidjamshid Ja’farovning jangi kunduzgi dasturdan o‘rin olgan bo‘lsa, Oybek Jo‘rayev, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va A’loxon Abdullayev kechki dasturda jang qiladi.

  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov – Erislan Romero (Kuba), (B ring, 14:15 dan so‘ng);
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov – Gabriel Llanos (Puerto-Riko), (B ring, 14:55 dan so‘ng);
  • -54 kg: Oybek Jo‘rayev – Ariol Zeneli (Albaniya), (B ring, 18:25 dan so‘ng);
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Kiril Samadurau (Belarus), (B ring, 19:10 dan so‘ng);
  • -75 kg: A’loxon Abdullayev – Almir Memich (Serbiya), (B ring, 20:10 dan so‘ng).

Janglarni quyidagi havolalar orqali IBA’ning rasmiy saytida jonli tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

A ring — jonli efirga havola

B ring — jonli efirga havola

1—10-may kunlari janglar o‘tkazilayotgan “Humo Arena”ga kirish bepul bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar