Daryo

APL. “Arsenal” safarda “Nyukasl”ni yengdi, “Manchester Yunayted” Londonda yutqazib qo‘ydi (video)

Premyer Ligada yuqori o‘rinlar uchun kurash davom etadi

1 daqiqa o‘qish19 834 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 35-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 7-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Arsenal” safarda “Nyukasl”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 14-daqiqasida Martin Edegor londonliklarni oldinga olib chiqdi. 71-daqiqada Fabian Sherning avtogolidan keyin hisob oshdi. Qolgan vaqtda darvozalar daxlsiz qoldi.

“Manchester Yunayted” esa “Vest Hem” mehmoni bo‘ldi. O‘yinning 27-daqiqasida Muhammad Said Benrahma tomonidan urilgan gol London jamoasiga g‘alaba keltirdi.

7-may kungi o‘yinlardan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

APL

35-tur bahslari

7-may, yakshanba

“Nyukasl” – “Arsenal” 0:2

Gollar: 0:1 – 14 Edegor, 0:2 – 71, avtogol Sher.

“Nyukasl”: Poup, Trippyer, Sher, Botman, Bern (Targett, 82), Bruno Gimaraes, Uillok (Sen-Maksimen, 78), Merfi (Almiron, 65), Joelinton (Anderson, 81), Uilson (Gordon, 78), Isak.

“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Kiver, Zinchenko (Tirni, 61), Jaka, Jorjinyo, Edegor (Parti, 80), Saka (Nelson, 87), Martinelli (Trossard, 80), Gabriel Jezus (Nketia, 87).

Ogohlantirishlar: Byorn (73), Nketia (90), Sher (90).

“Vest Hem” – “Manchester Yunayted” 1:0

Gol: 1:0 – 27 Benrahma.

“Vest Hem”: Fabianski, Kerer, Ogbonna, Agerd, Kressuell (Emerson, 90), Souchek, Rays, Lukas Paketa (Dauns, 90), Benrahma (Fornals, 87), Bouen, Antonio (Jonson, 90).

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 87), Shou, Lindelyof, Malasia (Fred, 88), Eriksen (Zabitser, 74), Kazemiro, Brunu Fernandesh, Antoni (Sancho, 74), Vegorst (Marsyal, 57), Reshford.

Ogohlantirishlar: Malasia (36), Uan-Bissaka (64).

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar