Daryo

O‘zbekistonlik futbol murabbiyi Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi

Mutaxassis “Paxtakor” boshqaruvida ko‘plab yutuqlarga ega chiqqandi

1 daqiqa o‘qish21 408 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik futbol murabbiyi Viktor Jalilov 7-may kuni 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Paxtakor”

Jalilov uzoq yillar davomida Toshkentning “Paxtakor” klubida bosh murabbiy va direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Mutaxassis “Paxtakor” va “Navbahor” bilan 1996 va 2002-yillarda O‘zbekiston chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, to‘rt marta mamlakat kubogiga ega chiqqan (1995, 1997, 2001/02, 2009). Jalilov uch marta (1996, 2002, 2005) O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Murabbiy shuningdek, “Politotdel” (“Do‘stlik”), “Navbahor”, “Mash’al”, “Dinamo Samarqand” klublari va O‘zbekiston U-22 terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar