Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. Abdumalik Halokov va A’loxon Abdullayev g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi

7-may kuni yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi

1 daqiqa o‘qish11 172 ko‘rishlar0 izoh0

Boks bo‘yicha Jahon chempionatining 7-may kungi dasturidan o‘rin olgan bir nechta jang yakunlandi.

Foto: Boks federatsiyasi

-57 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Halokov navbatdagi jangini Avstraliya vakili Charli Seniorga qarshi o‘tkazdi. Uch raund natijalariga ko‘ra, Halokov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga chiqdi.

A’loxon Abdullayev -75 kg esa xitoylik Mengyang Jaoga qarshi ringga ko‘tarildi va g‘alaba evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi.

7-may kuni yana ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi:

  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Said Mortaji (Marokash), (A ring, 18:40 dan so‘ng) 

  • +92 kg: Bahodir Jalolov — Teremoana Teremoana (Avstraliya), (B ring, 19:55 dan so‘ng).

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar