Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. 5-may kuni uch nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladi

Bir bokschi kunduzgi dasturda, qolgan ikkisi kechki dasturda jang o‘tkazadi

1 daqiqa o‘qish17 343 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining 5-may kungi bahslarida uch nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazadi.

Foto: Boks federatsiyasi

Kunduzgi dasturda Lazizbek Mullajonov jang qiladi. Abdumalik Halokov va Jasurbek Yo‘ldoshevning jangi kechki dasturdan o‘rin olgan.

  • -92 kg: Lazizbek Mullajonov — Marlo Xartado (Kolumbiya) (A ring, 15:40 dan so‘ng);
  • -57 kg: Abdumalik Halokov — Kevin Alikok (Gayana) (A ring, 18:55 dan so‘ng);
  • -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev — Huseyn Iashish (Iordaniya) (B ring, 19:40 dan so‘ng).

Janglarni quyidagi havolalar orqali IBA’ning rasmiy saytida jonli tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

A ring — jonli efirga havola

B ring — jonli efirga havola

1—10-may kunlari janglar o‘tkazilayotgan “Humo Arena”ga kirish bepul bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar