Daryo

APL. “Arsenal” o‘z maydonida “Chelsi”ga imkon qoldirmadi (video)

“Kanonirlar” g‘alabasiz seriyasiga barham berdi

1 daqiqa o‘qish13 470 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Arsenal” va “Chelsi” jamoalari 2-may, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 18-daqiqasida Martin Edegor maydon egalarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 31-daqiqada norvegiyalik futbolchini dublni rasmiylashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Gabriel Jezus hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Bunga mehmonlar 65-daqiqada Noni Maduekening goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarishsiz qoldi.

“Arsenal” liga doirasida 5-o‘yinga kelib g‘alaba qozondi va ochkolarini 78 taga yetkazib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Ikkita zaxira o‘yiniga ega “Manchester Siti”da 76 ochko mavjud. “Chelsi” esa 39 ochko bilan 12-pog‘onada bormoqda.

Ayni vaqtda APL turnir jadvalidagi holat:

APL

34-tur bahsi

2-may, seshanba

“Arsenal” – “Chelsi” 3:1

Gollar: 1:0 – 18 Edegor, 2:0 – 31 Edegor, 3:0 – 34 Gabriel Jezus, 3:1 – 65 Madueke.

“Arsenal”: Remsdeyl, Uayt, Gabriel (Holding, 85), Kiver, Zinchenko (Tirni, 73), Jaka, Jorjinyo (Parti, 86), Edegor, Saka (Nelson, 74), Trossard (Martinelli, 59), Gabriel Jezus.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Fofana (Chaloba, 86), Chiluell, Kovachich, Kante, Fernandes (Mudrik, 71), Sterling (Gallaher, 71), Madueke (Ziyesh, 79), Obameyang (Haverts, 46).

Ogohlantirishlar: Kovachich (80), Gallaher (90).

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar