Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. Bugun 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladi

Ikki nafar bokschi kunduzgi dasturda, yana biri kechki dasturda jang qiladi

1 daqiqa o‘qish15 392 ko‘rishlar0 izoh0

Boks bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari 2-may, seshanba kuni o‘tkaziladi.

Foto: Boks federatsiyasi

Bugun o‘zbekistonlik uch nafar bokschi ringga ko‘tariladi. Kunduzgi bahslar 13:00 da, kechki dastur esa 18:00 da start oladi.

  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Manuel Febus (Puerto-Riko), (13:55 dan so‘ng);
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev – Erkin Adilbek Uulu (Qirg‘iziston), (15:40 dan so‘ng);
  • -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Yunus Nemouchi (Jazoir), (21:00 dan so‘ng).

Avvalroq Mujibillo Tursunov (-60 kg) hindistonlik raqibini yengib, keyingi bosqichga yo‘l olgandi.

1—10-may kunlari janglar o‘tkazilayotgan “Humo Arena”ga kirish bepul bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar