Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023 ning dastlabki 10 kunida “Humo Arena”ga kirish bepul bo‘ladi

Toshkent mezbonligida o‘tayotgan musobaqa 1-may kuni start oladi

1 daqiqa o‘qish16 320 ko‘rishlar0 izoh0

Boks bo‘yicha 2023-yilgi Jahon chempionati janglari 1-may, dushanba kuni start oladi.

Foto: Boks federatsiyasi

Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi JCH—2023 ning 1—10-may kungi janglarini tomosha qilish uchun “Humo Arena”ga kirishni bepul etib belgiladi. Bu haqda Boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etish kerak, 1—10-may kunlari musobaqaning saralash va chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq o‘zbekistonlik bokschilar dastlabki janglarini qaysi bokschilarga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘lgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar