Daryo

Boks bo‘yicha JCH—2023. Bugun O‘zbekistonda o‘tadigan musobaqaga rasman start beriladi

30-aprel kuni qur’a tashlash va ochilish marosimlari o‘tkaziladi

1 daqiqa o‘qish22 876 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonning Toshkent shahrida o‘tkaziladigan boks bo‘yicha Jahon chempionati 30-apreldan 14-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

Foto: IBA

30-aprel, yakshanba kuni musobaqaga qur’a tashlanadi va rasmiy ochilish marosimi o‘tkaziladi. Janglar esa 1-maydan start oladi.

1—10-may kunlari saralash bosqichi va chorak final bahslari o‘tkaziladi. 12-may kuni yarim finallar, 13–14-may kunlari esa final janglari bo‘lib o‘tadi. Janglarning barchasi “Humo Arena”da o‘tkaziladi.

Avvalroq O‘zbekiston terma jamoasining musobaqada ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilingandi:

  • -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov
  • -54 kg: Oybek Jo‘rayev
  • -57 kg: Abdumalik Halokov
  • -60 kg: Mujibillo Tursunov
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov
  • -75 kg: A’loxon Abdullayev
  • -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev
  • -92 kg: Lazizbek Mullajonov
  • +92 kg: Bahodir Jalolov.
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar