Daryo

McDonald’s xodimlar sonini qisqartirish uchun AQSHdagi ofislarini bir haftaga yopdi

McDonald’s rahbariyati yanvar oyida ishchilarga ularning soni bo‘yicha “qiyin qarorlar” qabul qilishni rejalashtirayotganini aytgandi

1 daqiqa o‘qish4 851 ko‘rishlar0 izoh0

McDonald’s korporatsiyasi 3-apreldan boshlab AQSHdagi ofislarini bir haftaga yopadi. Bu haqda The Wall Street Journal rahbariyatning xodimlariga yo‘llagan maktubiga tayanib xabar bermoqda. 

Foto: Bloomberg

Rahbariyat xodimlarga yetkazib beruvchilar bilan barcha uchrashuvlarni va McDonald’s ofislarida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarni bekor qilishni maslahat berdi. 

Bu davrda kompaniya “butun tashkilot bo‘ylab lavozimlar va xodimlar darajasi bo‘yicha muhim qarorlar”ni e’lon qilmoqchi.

McDonald’s rahbariyati yanvar oyida xodimlarga ularning soni bo‘yicha “qiyin qarorlar” qabul qilishni rejalashtirayotganini aytgandi. 

Qancha odam ishdan bo‘shatilishi rejalashtirayotgani noma’lum. Tashkilotda kamida 150 ming xodim ishlaydi, ularning 70 foizi AQSHda. 

Avvalroq Amazon, Alphabet, Boeing, Meta, Microsoft, The Walt Disney Company, Twitter va boshqa bir qator yirik kompaniyalar xodimlarini qisqartirish haqida allaqachon eʼlon qilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar