Daryo

Hi-tech bank bankrot deb e’lon qilindi

2023-yil 17-martda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ushbu bankni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan

1 daqiqa o‘qish34 165 ko‘rishlar0 izoh0

Markaziy bank Hi-tech bank bankrot deb topilganini ma’lum qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Foto: Hi-tech bank

Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yil 17-martdagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining Hi-tech bank xususiy aksiyadorlik tijorat bankini bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qabul qilingan. 

Bundan tashqari, Markaziy bank boshqaruvining tegishli qaroriga asosan Hi-tech bank xususiy aksiyadorlik tijorat bankini tugatish komissiyasi o‘z faoliyatini yakunlagani hamda sud tomonidan M.Gizatulin tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangani ma’lum qilindi.

Markaziy bank boshqaruvining 2022-yil 7-oktabrdagi qaroriga asosan “Turkistonbank” va Hi-tech bank xususiy banklaridan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olingandi.

O‘sha paytda Hi-tech bank aktivlar hajmi bo‘yicha O‘zbekiston bank tizimida 29-o‘rinni egallab turgan edi. 

Avvalroq “Turkistonbank” ham bankrot deb e’lon qilingan edi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar