Daryo

Fevralda O‘zbekistonga qancha elektromobil olib kelingani ma’lum bo‘ldi

Elektromobillar importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan

1 daqiqa o‘qish7 047 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston 2023-yilning fevral oyida xorijdan qiymati 13,8 mln dollarga teng bo‘lgan 397 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Davlat statistika agentligi xabar bermoqda. 

Infografika: “Daryo”

Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar—fevral oylarida 8 ta mamlakatdan elektromobil olib kelingan.

Elektromobillar importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan. Yanvar oyiga nisbatan esa 2 donaga kamaygan. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yilning yanvar oyida eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda — 359 dona. 

Ikkinchi o‘rinda 27 dona elektromobil bilan Gonkong qayd etilgan bo‘lsa, Germaniya uchinchi bo‘lgan — 7 dona. BAA va Janubiy Koreyadan esa 2 dona elektromobil olib kelingan.

Shuningdek, 2022-yilda xorijdan qiymati 69,8 mln dollarga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilingan edi. Bu 2021-yildagi ko‘rsatkichdan 1371 taga ko‘p.

Avvalroq O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar