• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    NATO yangi rahbar qidirmoqda. Stoltenbergning o‘rnini kim egallaydi?

    Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) bosh kotibi lavozimi oktabr oyida bo‘shaydi. Amaldagi bosh kotib Yens Stoltenberg fevral oyida ushbu lavozimda ishlash shartnomasini boshqa uzaytirish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. U 2022-yilning bahorida Rossiyaning Ukrainaga hujumi paytida NATO rahbariyatini o‘zgartirmaslik uchun muddatini cho‘zgandi.

    Foto: AP Photo

    Stoltenbergning bayonotidan keyin Bryusseldagi alyans bosh qarorgohida yana munozaralar boshlandi: kim alyansning o‘n to‘rtinchi rahbari bo‘ladi? Bu lavozimni ilk bor ayol kishi egallashini istayotganlar ham ko‘p. Alyansga a’zo 30 ga yaqin davlat elchilarining deyarli yarmi so‘zsiz o‘z nomzodini ilgari surmoqda.

    NATO bosh kotibi zimmasida qanday mas’uliyat bor?

    Yens Stoltenberg alyansni 2014-yildan beri boshqarib keladi. Uning vorisi NATOning 30 aʼzosi o‘rtasida hamjihatlikni, manfaatlar muvozanatini, umumiy kelishuvni taʼminlashda yordam berishi kerak. Bosh kotibdan diplomatik mahorat va alyansga sadoqat kutiladi.

    NATO rahbari siyosiy qarorlar qabul qilish huquqiga ega emas. U faqat Shimoliy Atlantika alyansi kengashi — ittifoqning qaror qabul qiluvchi oliy organiga rasmiy ravishda raislik qiladi. U matbuotga bayonotlar beradi va boshqa hukumatlar oldida NATOga vakillik qiladi. Unda harbiy rahbarlik qudrati bo‘lmaydi.

    Bosh kotibni tanlashda qanday mezonlar rol o‘ynaydi?

    NATO rahbari lavozimiga nomzod avval davlat yoki hukumat rahbari bo‘lgan bo‘lishi kerak. Undan ingliz tilini mukammal bilish talab qilinadi. Fransuz tilini bilish ham maqsadga muvofiq. Vashington bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi kerak. Qo‘shma Shtatlar ittifoqning muhim a’zosi sifatida, hatto bosh kotib an’anaga muvofiq yevropalik bo‘lsa ham, yakuniy so‘zni aytishga haqli. AQSH asosan NATOning Yevropadagi Ittifoqchi Kuchlari bosh qo‘mondoni (SACEUR) lavozimini o‘zida saqlab keladi — bu alyansdagi eng yuqori ofitserlik lavozimi.

    Yangi bosh kotib barcha 30 mamlakat hukumatlarining kelishuvi bilan tasdiqlanishi kerak. Shu ma’noda, uning mintaqaviy manfaatlari, kelib chiqishi va siyosiy kun tartibi, qolaversa nomzodni ko‘rsatgan mamlakatning harbiy va diplomatik ahamiyati muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Turkiya vakilining bu lavozimni egallashini hozircha tasavvur qilib bo‘lmaydi – bu mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

    Ariza berish tartibi qanday?

    NATO rahbari lavozimiga rasmiy ariza topshirilmaydi, rasmiy tanlov komissiyasi ham mavjud emas. Diplomatlar kelishuvga erishilgunga qadar o‘z hukumatlari nomidan yopiq yig‘ilishlarda muzokaralar olib boradi. Rasmiy ovoz berish jarayoni yo‘q. Alyansdagi davlat va hukumat rahbarlari sammitda yangi bosh kotibning ismini e’lon qiladi. NATOning navbatdagi sammiti 11-iyul kuni Vilnyusda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

    NATOning avvalgi 13 rahbarining hammasi ham yuqoridagi talablarga javob bermagan. Misol uchun, 1988-yildan 1994-yilgacha alyansni boshqargan yagona nemis bosh kotibi Manfred Vyorner hech qachon hukumat boshlig‘i bo‘lmagan, balki Germaniya mudofaa vaziri lavozimida ishlagan. NATOning birinchi bosh kotibi britaniyalik baron Xastings Ismey faqat Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazir bo‘lgan, ammo u general edi.

    Bugungi kunda asosiy da’vogarlar kimlar?

    Ismini oshkor qilishni istamagan NATO diplomati hozir Rossiya tahdidiga uchrayotgan Boltiqbo‘yi davlatlaridan bo‘lgan ayol nomzodni qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Gap Estoniyaning amaldagi bosh vaziri Kay Kallas yoki Litva hukumati rahbari Ingrida Shimonite haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Alyansning sharqiy qanotidagi mamlakatlardan ko‘rsatilgan ayol nomzod NATOdagi harbiy ahamiyati ortib borayotgan Polsha tomonidan shubhasiz, qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova ham tilga olinmoqda. Bu davlat Ukraina bilan bevosita chegaradosh. Uning nomzodini birdamlik harakati sifatida talqin qilish mumkin.

    Ammo NATOning janubi-sharqiy qanoti ham o‘z nomzodini ilgari surmoqda — Qora dengizda joylashgani sababli NATO uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis. Xabar qilinishicha, Italiya janubliklarning bu lavozimga da’volarini kuchaytirish uchun sobiq bosh vazir Mario Dragini NATOning yangi rahbari sifatida tavsiya qilgan. Mish-mishlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada ham mamlakat Brexit’dan keyin xalqaro maydonda ko‘proq ko‘rinishi uchun ushbu lavozimga nomzodlar bor. Sobiq hukumat rahbari Tereza Mey Buyuk Britaniyadan nomzod bo‘lishi mumkin. Yillar davomida Tereza Mey bilan Brexit bo‘yicha qizg‘in munozaralar olib borgan Yevropa Ittifoqining ko‘plab siyosatchilari uchun buni tasavvur qilish qiyin.

    Kanada moliya vaziri, ukrainalik muhojirlarning nabirasi Xristi Frilandda ham muayyan imkoniyatlar bor, ammo hozirgacha u “o‘yindan tashqarida” bo‘lgan. Bir necha yil oldin Rossiyaning propoganda ommaviy axborot vositalarida Frilandning bobosi Ikkinchi jahon urushi paytida natsistlar bilan aloqada bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar tarqaldi. Mixaylo Xomiak chindan ham Krakovda ukrain tilidagi gazetaning muharriri bo‘lgan, u okkupatsion rejimga sodiq edi. Ammo Xristi Fridland bu haqiqatni hech qachon yashirmagan — aksincha u bobosi va uning gazetasi haqidagi tarixiy tadqiqotda qatnashgan. Shunday qilib, Fridlandning rus OAVlari tomonidan “fosh qilinishi” Kanadada katta janjal chiqarmadi va uning iste’fosi haqida jiddiy gap bo‘lmadi. Kanada rossiyalik diplomatlarni Frilandning obro‘siga putur yetkazishga urinishda ayblab hududidan chiqarib yubordi. Kanada Moliya vazirligi rahbarining NATO bosh kotibi lavozimiga nomzodiga kelsak, uning asosiy muammosi — yevropalik emasligi. NATOning Yevropadagi a’zolari uning nomzodini qabul qilishi dargumon. Biroq, kanadalik vazir AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani haqida gaplar bor, deb yozmoqda The Washington Post nashri.

    Stoltenbergning o‘zi qolishi ham mumkin

    NATO shtab-kvartirasida amaldagi bosh kotib o‘z bayonotiga qaramay, ishini davom ettirishi mumkinligi, chunki hozirgi eng og‘ir harbiy-siyosiy vaziyatda kadrlar masalasi bilan shug‘ullanishni istamasligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Yens Stoltenberg o‘z vakolatini 2024-yilning apreligacha uzaytirishi ham mumkin. O‘sha paytda NATO 75 yoshga to‘ladi, bu Vashingtondagi sammitda nishonlanadi. Yens Stoltenberg da’vogarlik qilgan Norvegiya markaziy banki rahbari lavozimi allaqachon egallab olingani ham uning alyansda qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    27.03.2023, 16:10   Izoh (0)   7461
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bunday reaksiya Rossiya rejalariga ta’sir o‘tkaza olmaydi”. Kreml G‘arb sanksiyalariga qaramay, Belarusda yadro quroli joylashtirilishini bildirdi

    27.03.2023, 15:57

    Isroil bosh vaziri Netanyaxu norozilik namoyishlari sabab sud islohotini muzlatishga qaror qildi — OAV

    27.03.2023, 14:59

    “O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda

    27.03.2023, 13:22

    Ukrainaning qarshi hujumi Putinni muzokaralarga undashi mumkin — tahlilchilar

    27.03.2023, 11:18

    Isroil prezidenti hukumatdan ommaviy namoyishlarga sabab bo‘lgan sud islohotini to‘xtatishni so‘radi

    27.03.2023, 10:55

    Fransiya Rossiyani Belarusda yadro qurolini joylashtirish qaroridan voz kechishga chaqirdi

    27.03.2023, 10:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.