Germaniyalik futbolchi Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.
34 yoshli Turkiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Kayserispor”ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushgan va 46-daqiqada zaxiraga olingan.
Turkiyaning Fanatik nashri jurnalisti Yakup Chinarning ma’lum qilishicha, O‘zil bugun “Istanbul”ning mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan va jamoadagi sheriklariga faoliyatini yakunlayotganini aytib o‘tgan. O‘zil va turk klubi o‘zaro shartnomani bekor qiladi.
2014-yilda Mesut Germaniya terma jamoasi bilan Jahon Chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Real” safida La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogi kabi sovrinlarga ega chiqqan. “Arsenal” bilan birga Angliya Kubogi va Angliya Superkubogida 3 martadan zafar quchgan.
34 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Turkiya chempionatida 4 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Izoh (0)