Daryo

“Tolibon” maktabda to‘y marosimini o‘tkazdi

Tadbirda faqat erkaklar ishtirok etib, maktab binosida ovqatlangan

1 daqiqa o‘qish55 708 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hasht-e Subh Daily

Afg‘onistonda “Tolibon” Taxor viloyatidagi maktabda o‘z jangchisining nikoh marosimini o‘tkazdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: Hasht-e Subh Daily

Ma’lumotlarga ko‘ra, marosim “Sayed Husayn Shahid” maktabida bo‘lib o‘tgan va unda faqat erkaklar qatnashgan. To‘y ishtirokchilari maktab binosida ovqatlangan. “Tolibon” hech kimga surat yoki video olishga ruxsat bermagan.

“Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin ayollarga turli taqiqlar joriy etdi. Xususan, ayollar erkak yo‘lboshchisiz shifoxonaga borishi va ko‘rikdan o‘tishi mumkin emas. Bundan tashqari ayollarga SIM karta sotib olish, istirohat bog‘iga tashrif buyurish taqiqlangan. Yevropa Ittifoqi esa “Tolibon”ning ayollarga nisbatan yangi cheklovlarini qoralagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar