Daryo

Agar qishda bosh kiyim kiyilmasa, sochlarda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Qishda yoki sovuqdan issiqqa o‘tish paytida namlikning o‘zgarishi bosh terisini qurishiga sabab bo‘ladi

2 daqiqa o‘qish51 482 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Wday

Aksariyat insonlar sochlarning betartib ko‘rinishi va boshqa sabablar yuzasidan qish faslida bosh kiyim kiyishni yoqtirmaydi. Ammo bu shunchaki e’tiborsiz qoldiriladgan holat emas. Wday nashri sovuq mavsumda qalpoq kiymaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.

Foto: Wday

Aslida bosh kiyimi faqat himoya emas, u ko‘p funksiyalarni bajaradi.

Bosh suyagi sohasidagi teri osti yog‘ qatlami juda nozik bo‘lib, bu uning tezda sovqotishiga olib keladi. Shu sababli asab tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan termoregulyatsiya tizimi qiyin ishlaydi. Bosh terisida trixodiniya (bosh terisidagi og‘riq) kuzatiladi. Bundan tashqari, u seboreya yoki dermatitni kuchaytirishi mumkin. Hatto bu nervlarining yallig‘lanishiga olib keladi.

Past haroratlarda tomir torayishi paydo bo‘ladi. Soch follikulasi qon bilan faol ta’minlangan juda nozik organ bo‘lganligi sababli sochlar yetarli miqdorda ozuqa ololmaydi. Bu, o‘z navbatida, soch o‘sishi fazasining davomiyligining qisqarishiga olib kelishi mumkin va keyin soch to‘kilishi va siyraklashishi kuzatiladi.

Boshning gipotermiyasi butun immunitet tizimining holatiga ta’sir qilishi mumkin. Immunitetning zaiflashishi surunkali kasalliklarning kuchayishiga olib keladi, dori-darmonlar terapiyasi sochlarga salbiy ta’sir qiladi.

Qishda yoki sovuqdan issiqqa o‘tish paytida namlikning o‘zgarishi bosh terisini qurishiga sabab bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, qazg‘oq paydo bo‘lishiga, bosh terisining qurishi va ko‘chishiga olib kelishi mumkin. Bularning barchasi tufayli sochlar quruq, mo‘rt va siyrak holatga kelib qoladi.

Qishda sochlarning holatini yaxshi saqlab qolish uchun nima qilish kerak?
  • bosh kiyim haqida unutmaslk lozim: tabiiy matolardan tikilgan qalpoqlarga ustunlik berish yaxshidir;
  • xonadagi namlik darajasini kuzatib borish lozim, suyuqlik rejimiga rioya qilish tavsiya etiladi;
  • sochni parvarish qilish uchun oziqlantiruvchi, namlovchi shampunlar va niqoblar qo‘llash lozim.
Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar