Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tez orada rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda Belarus rahbari Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako bilan shaxsan uchrashuvda ma’lum qildi.

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”

“Bugun Rossiya va Belarus iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan barcha muammolarni yengib o‘tish mumkinligini ko‘rib turibmiz. Biz ularni bartaraf etishga harakat qilamiz. Muayyan kechikishlar bor. Afsuski, bular byurokratik. Ularni gaplashamiz. Bu Primorsk o‘lkasiga emas, balki umuman bizning Rossiya bilan hamkorligimizga taalluqli bo‘ladi”, — dedi Belarus prezidenti.

Lukashenko Putin bilan import masalalarini ham muhokama qilmoqchi, unga ko‘ra, bu borada ikkala davlat ham “katta yutuqlarga erishishi mumkin”.

“Bu biz uchun hozir eng muhimi. Ushbu yil biz buni uddalay olishimizni ko‘rsatdi. Bu biroz vaqt kerak, lekin buni uddalay olamiz”, — dedi Lukashenko.

Oktabr oyi oxirida Lukashenko yaqin orada Putin bilan uchrashishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda, davlat rahbarlari joriy yil yakunlarini sarhisob qiladi va kelgusi yil uchun vazifalarni belgilaydi, shuningdek, ikki tomonlama integratsiyani muhokama qiladi.

Noyabr oyi boshida ikki davlat rahbarlari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. 23-noyabr kuni ular Yerevanda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining yig‘ilishida qatnashdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston gaz yetkazib bermagani uchun O‘zbekiston kompensatsiya talab qilgani rad etildi
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?