Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

So‘nggi bir oy ichida O‘zbekistonda sabzining o‘rtacha ulgurji narxi 30 foizga arzonlashdi. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu yangi hosilni yig‘ib olish hisobiga bozorda taklifning o‘sishi va eksportchilar tomonidan ushbu mahsulotlarga nisbatan past talab bilan bog‘liq.

Narxlar monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil 21-oktabridan 18-noyabrigacha O‘zbekistonda joriy yil hosili yetishtirilgan sabzi o‘rtacha ulgurji narxlari 5000 so‘mdan 3500 so‘m/kilogramgacha (0,45 dollardan 0,31 dollarga) pasaygan.

2022-yil 18-noyabr holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 17 foizga yuqori.

Ishlab chiqaruvchilar va bozor ishtirokchilari sabzi narxining pasayishining ikkita asosiy sababini aniqladi.

Ulardan birinchisi, yangi hosil hisobiga ichki bozorda sabzi taklifining ortishidir, chunki oktabr—noyabr oylarida O‘zbekistonda yoz oylarida ekiladigan “kechpishar” deb ataladigan sabzi yig‘ib olinadi.

Joriy mavsumda bunday sabzi hosili yaxshi deb baholanmoqda.

Ikkinchi sabab, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksportyorlar tomonidan ushbu mahsulotlarga talabning kamayganidir.

Dastlabki rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oyda — 2022-yil 21-oktabrdan 20-noyabrga qadar O‘zbekiston 2,4 ming tonna sabzi eksport qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobar kamdir.

Shu bilan birga, joriy yilning hisobot davrida sabzi ulgurji narxlari darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha bir xil bo‘lganini qayd etish lozim.

Avvalroq O‘zbekiston bozorlarida noyabr oyida narxlar qanday o‘zgarayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)