Daryo

Mask so‘rovnomadan keyin Trampning Twitter akkauntini tikladi

Twitter’da Mask Tramp sahifasini blokdan chiqarish-chiqarmaslik bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgan edi —ishtirokchilarning 52 foizi buni yoqlab ovoz berdi

1 daqiqa o‘qish21 354 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Global Look Press

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning 2021-yilda bloklangan Twitter akkaunti tiklanadi, deb e’lon qildi ijtimoiy tarmoqning yangi egasi Ilon Mask. Ushbu tvitdan hech qancha o‘tmay Trampning ijtimoiy tarmoqdagi profili yana faollashdi va bir soatdan kamroq vaqt ichida obunachilari soni 500 mingdan 1 millionga ko‘tarildi.

Foto: Global Look Press

19-noyabr kuni Maskning Twitter’dagi akkauntida Tramp sahifasini blokdan chiqarish-chiqarmaslik bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi, ishtirokchilarning 52 foizi buni yoqlab ovoz berdi.

So‘rovnomada 15 milliondan ortiq foydalanuvchi ovoz berdi, 134 million kishi uni ko‘rdi, dedi Mask. Shuningdek, so‘rovnoma ostida tadbirkor lotincha Voz Populi, Vox Dei – “Xalq ovozi – Xudoning ovozi” iborasi bilan tvit qoldirdi.

Reuters xabar berishicha, Trampning o‘zi ijtimoiy tarmoqqa qaytish uchun “hech qanday sabab” ko‘rmagan.

2021-yilning yanvarida Tramp tarafdorlarining Kapitoliyga hujumidan keyin Twitter “zo‘ravonlikka undash xavfi tufayli” uning akkauntini butunlay bloklab qo‘ygan edi. Uning 90 millionga yaqin obunachisi bo‘lgan. O‘sha paytdagi AQSH rahbari blokirovkani mamlakat uchun “butunlay sharmandalik” deb atagan va “radikal chap qanot ahmoqlari haqiqatdan qo‘rqadi”, deb so‘z erkinligi yo‘qotilganini ta’kidlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar