Daryo

Ploykaning keragi yo‘q: sochlarni xavfsiz hamda tez jingalak qilishning sinalgan usuli

Uy sharoitida bunday soch turmagini qilish butunlay xavfsizdir

1 daqiqa o‘qish25 715 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Voice Mag

Turmaklash jarayonida sochlarni shikastlamoqchi emasmisiz? The Voice Mag nashri buning eng xavfsiz usuli bilan bo‘lishdi.

Foto: The Voice Mag
Ushbu oddiy texnologiyadan foydalangan holda chiroyli jingalaklar hosil qilish uchun faqat 4 ta rezinka, 4 ta uzun paypoq, ozgina suv, taroq va atigi 2 soat vaqt kerak bo‘ladi:
  1. Dastlab soch butun uzunligi bo‘ylab yaxshilab taraladi.
  2. Taroq bilan soch boshning yuqori va pastki qismlaridan yarmiga bo‘linadi.
  3. Yuqori qismdagi soch pastki sohaga xalaqit bermasligi uchun rezinka bilan yig‘iladi.
  4. Qolgan sochlar 2 ta teng qismga bo‘linib, biroz suv sepiladi.
  5. Ikkiga ajralgan sochlar 2 ta rezinka bilan bo‘sh yig‘iladi.
  6. Paypoqning yopiq tomoni sochga taqilgan rezinkaga mahkamlanadi.
  7. Soch va paypoq bir-biriga o‘ralib, paypoqning ochiq qismi ichiga sochning uchi tiqiladi va buklanib yuqoridagi rezinkaga yana qadaladi.
  8. Sochning qolgan qismida ham xuddi shunday jarayon takrorlanadi.
  9. Buning o‘zi 10 daqiqadan ko‘proq vaqt oladi, shundan so‘ng 2-3 soat davomida sochlar shu tarzda qoldiriladi.
  10. Paypoqlarni sochdan olib tashlashdan oldin ularni fen bilan biroz qizdirgan ma’qul.
Natijada sochlar elastik va tabiiy jingalak bo‘lib chiqadi, shu bilan birga uy sharoitida bunday soch turmagini qilish butunlay xavfsizdir. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar