Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ilon Mask Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olganidan so‘ng kompaniya o‘z xodimlarining qariyb yarmini ishdan bo‘shatgan edi. Endi esa Twitter ishini yo‘qotgan o‘nlab xodimlari bilan bog‘lanib, ulardan qaytishni so‘ramoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, Bloomberg yozmoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Ikki manbaning aytishicha, qaytishi so‘ralgan xodimlarning ba’zilari xatolik tufayli ishdan bo‘shatilgan. Boshqalari esa Ilon Mask istayotgan yangi funksiyalarni yaratish uchun ularning tajribasi kerak bo‘lishi anglab yetilmasdan bo‘shatib yuborilgan.

Maskning qo‘liga o‘tganidan so‘ng Twitter xarajatlarni kamaytirish uchun 3700 ga yaqin xodimini ishdan bo‘shatgandi. Aksariyat xodimlar elektron pochta va Slack kabi korporativ tizimlarga kira olmay qolganidan keyin ishdan bo‘shatilganini tushungan. Xodimlarga yuborilgan qaytish haqidagi so‘rovlar jarayon qanchalik shoshilinch va tartibsiz bo‘lganidan dalolat beradi.

Twitter matbuot kotibi izoh haqidagi so‘rovga javob bermadi.

“Twitter xodimlarini qisqartirishga kelsak, afsuski, kompaniya kuniga 4 million dollardan ko‘proq yo‘qotayotgan paytda bundan boshqa tanlov yo‘q”, — deb yozgan Mask avvalroq Twitter’da.

Vaziyatdan xabardor odamlarning so‘zlariga ko‘ra, Twitter’da 3700 ga yaqin xodim qolmoqda. Mask kompaniyada qolganlarni yangi funksiyalarni yaratish uchun tezroq harakat qilishga undamoqda, ayrim hollarda xodimlar yangi topshiriqni yakunlash uchun 24/7 rejimida ishlashga majbur bo‘lmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr