Daryo

Mask Twitter’da verifikatsiya belgisi uchun oylik to‘lov joriy etmoqchi

Bunda foydalanuvchilarga tvitlarni tahrirlash kabi eksklyuziv funksiyalardan foydalanish imkoni beriladi. Yangi obuna oyiga 19,99 dollar turadi

1 daqiqa o‘qish30 231 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Twitter’ning yangi egasi, milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini verifikatsiya belgisi uchun pul to‘lashga majburlamoqchi. Bu haqda The Verge rejalar va ichki yozishmalardan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Avvalroq Maskning oylik verifikatsiya belgisi to‘lovini joriy etish rejalari haqida jurnalist Keysi Nyuton o‘zining Platformer pochta ro‘yxatida xabar bergan edi.

Nashrning yozishicha, Mask 2021-yil iyun oyida taqdim etilgan pullik Twitter Blue obunasini qimmatroq versiyaga almashtirmoqchi.

Twitter Blue foydalanuvchilarga tvitlarni tahrirlash kabi eksklyuziv funksiyalardan foydalanish imkonini beradi. Yangi obuna oyiga 19,99 dollar turadi. Tasdiqlangan foydalanuvchilarga obuna uchun to‘lashga 90 kun beriladi.

Abonentlar verifikatsiya belgilaridan tashqari qo‘shimcha funksiyalarni oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Nashrning yozishicha, Mask yangi funksiya ustida ishlayotgan dasturchilarga ultimatum qo‘ygan: ular 7-noyabrgacha innovatsiyani chiqarishlari kerak, aks holda ular kompaniyadan bo‘shatiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ilon Mask hozircha bu ma’lumotlarga izoh bermagan.

Avvalroq Ilon Mask Twitter’ning ishdan bo‘shatilgan uch nafar rahbariga salkam 200 million dollar to‘lashi kerakligi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar