Daryo

Ilon Mask Xellouinni nishonlash uchun Drakula qasrini ijaraga oldi

Mask bazmga 140 nafar milliarder do‘stlari, jumladan, aktrisa Anjelina Joli, PayPal asoschisi Piter Tilni taklif qilgan

1 daqiqa o‘qish43 332 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “SP”

Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask Xellouin bayramini nishonlash uchun Ruminiyadagi Drakula qasrini ijaraga oldi.

Foto: “SP”

Ruminiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Mask bazmga 140 nafar milliarder do‘stlari, jumladan aktrisa Anjelina Joli, PayPal asoschisi Piter Til, Google asoschisi Sergey Brin va investor Stiv Yurvetsonlarni taklif qilgan.

Qasr hududida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, birorta ham ruminiyalik milliarder tadbirga taklifnoma olmagan, deydi OAV. Kechani yopiq tarzda o‘tkazish rejalashtirilgan va bu haqdagi tafsilotlar oshkor qilinmagan.

“Graf Drakula qasri” nomi bilan mashhur Bran qal’asi Ruminiyaning Brashov shahridan 30 kilometr uzoqlikdagi sayyohlik hududida joylashgan.

Ma’lumki, aynan Bran qasri irlandiyalik Bram Stokerni 1897-yilda dunyodagi eng mashhur va qo‘rqinchli romanlardan biri “Drakula”ni yozishga ilhomlantirgan, keyinchalik uning syujeti filmga aylantirilgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar