Daryo

Mask Twitter xodimlarining 75 foizini ishdan bo‘shatmaslikka va’da berdi

Avval WP nashri ayrim hujjatlarga tayanib, Mask Twitter’ni sotib olsa, kompaniya xodimlarining 75 foizini ishdan bo‘shatmoqchiligi haqida xabar bergandi

1 daqiqa o‘qish12 339 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Tesla va SpaceX asoschisi, yaqinda Twitterni sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunlash arafasida turgan Ilon Mask xodimlarga Twitter’da ishlovchilarning 75 foizini qisqartirmaslikka va’da berdi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Foto: Twitter

O‘tgan hafta The Washington Post nashri ayrim hujjatlarga tayanib, Mask Twitter’ni sotib olsa, kompaniya xodimlarining 75 foizini ishdan bo‘shatmoqchiligi haqida xabar bergan edi. Nashr ta’kidlashicha, Mask potensial investorlarga kompaniya xodimlarini kelajakda 7,5 mingdan 2 mingga qisqartirishi haqida aytgan. Twitter xodimlari bu xabardan sarosimaga tushgan.

Tadbirkor Twitter’ni sotib olish bo‘yicha bitimni 28-oktabr kuni yakuniga yetkazishi kutilmoqda.

26-oktabr kuni Mask Twitter sahifasidagi maqomini Chief Twitter’ga o‘zgartirdi va o‘zining rakovinasi bilan Twitter ofisiga ko‘chib o‘tgani haqidagi videoni e’lon qildi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar