Daryo

Ilon Mask Starlink internet tarmog‘i barcha qit’alarda ishga tushganini e’lon qildi

SpaceX kompaniyasining sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i endi Yer sayyorasining barcha qit’alarida mavjud

1 daqiqa o‘qish30 357 ko‘rishlar0 izoh0
Ilon Mask Foto: Getty Images

SpaceX kompaniyasining sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i endi Yer sayyorasining barcha qit’alarida mavjud, bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

Ilon MaskFoto: Getty Images

“Starlink tarmog‘i endi barcha qit’alarda, shu jumladan, Antarktikada ham ishga tushdi”, — deb yozdi u Twitter’da.

Bir kun avval SpaceX 54 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshidan iborat navbatdagi partiyani orbitaga chiqardi, bu yil boshidan buyon qurilmalarning oltinchi marta uchirilishi bo‘ldi. Fazoga olib chiqilgan qurilmalarning umumiy soni 3 mingdan oshadi.

Starlink saytidagi xaritaga ko‘ra, hozir internet tarmog‘i Shimoliy Amerika, Yevropa, Avstraliya, Braziliya va yana bir nechta mamlakatlar hududlarida ishlayapti. Qolgan davlatlarda tarmoq faoliyatining boshlanishi kelasi yilga belgilangan yoki hali aniq emas. Bunday belgilar Antarktika hududlarida ham turibdi.

Starlink — yuqori tezlikli internetdan global foydalanishni ta’minlash maqsadidagi sun’iy yo‘ldoshlar tizimini yaratish loyihasi. Sun’iy yo‘ldoshlar 550 km balandlikdagi orbitaga joylashtirilmoqda, kompaniya 2020-yillar o‘rtalarigacha shunday qurilmalardan qaroyb 12 mingtasini koinotga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Rossiya harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin Starlink internetidan foydalanish uchun uskunalar Ukraina hukumatiga ham taqdim etildi, undan, shu jumladan, harbiy va fuqarolik ma’muriyatlari ham foydalanmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar