Daryo

Nima uchun Ilon Maskning onasi o‘g‘lining uyiga mehmonga borganida uning garajida yashashni afzal ko‘radi?

“Mening kvartiram katta emas. Katta uyga muhtoj ham emasman”, — deydi Mey Mask

1 daqiqa o‘qish49 620 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: People Talk

Ilon Mask — dunyodagi eng boy odam va hozirgi davrning eng muvaffaqiyatli biznesmenlaridan biri. Tadbirkor hamma narsaga qodir bo‘lishiga qaramay (uning boyligi 219 milliard dollarga baholanmoqda), mulkka umuman qiziqmaydi, deb yozadi People Talk.

Foto: People Talk

Mey Maskning so‘zlariga ko‘ra, u har safar Texasda istiqomat qiluvchi o‘g‘lini ko‘rgani borganida, uning uyida emas, aksincha garajda tunashiga to‘g‘ri keladi. Sababi hamma sharoit mavjud bo‘lishiga qaramay, uning uyini qulay deb atab bo‘lmaydi. “Raketa maydonchasi yonida ajoyib uy bo‘lishi mumkin emas”, — deydi Maskning onasi The Time nashriga.

Aytgancha, Mey Mask ko‘p vaqtini o‘zining Nyu-Yorkdagi shinam kvartirasida o‘tkazadi. “Mening kvartiram katta emas. Katta uyga muhtoj ham emasman. Menga bo‘sh joy kerak emas, chunki u bilan birga boshqa mas’uliyat ham paydo bo‘ladi. O‘zimni bu yerda yaxshi his qilaman”, — deydi Mey Mask.

Mavzuga doir: Uch farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalagan, 50 yoshdan keyingina modellikda mashhur bo‘lgan fantastik ayol — Mey Mask haqida

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar