Daryo

Maskning klubni sotib olish haqidagi hazilidan so‘ng Manchester Yunayted aksiyalari 17 foizga oshdi

“Manchester Yunayted”ni sotib olish kompaniyaning fond bozori kapitallashuvidan kelib chiqqan holda Maskga taxminan 2 mlrd dollarga tushadi

1 daqiqa o‘qish20 645 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Ilon Mask ingliz futbol klubini sotib olish rejasini e’lon qilganidan so‘ng, Manchester Yunayted aksiyalari bozor oldi savdolarida 17 foizga qimmatlashdi. Keyinroq Mask hazillashayotganini tan oldi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Keyinchalik qimmatli qog‘ozlar o‘sishni to‘xtatdi, premarketda klubning bir aksiyasining narxi 5,63 foiz o‘sish bilan 13,5 dollarni tashkil etdi.

16-avgust kungi savdolar yakuniga ko‘ra, Manchester Yunayted aksiyasi 12,78 dollarga teng edi.

Manchester Yunaytedni sotib olish kompaniyaning fond bozori kapitallashuvidan kelib chiqqan holda Maskga taxminan 2 mlrd dollarga tushadi.

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask Twitter’da Manchester Yunaytedni sotib olayotgani haqida yozdi. Obunachilarning savollariga javoban u bayonotni jiddiy qabul qilmaslik kerakligini ta’kidladi.

Bu Twitter'dagi eski hazil. Men hech qanday sport jamoalarini sotib olmayman, — deb yozadi u.

Shu bilan birga Mask agar futbol klubini sotib olsa, bu Manchester Yunayted bo‘lishini tan oldi. Klub Maskning bolaligidagi eng sevimli jamoasi bo‘lgan.

Maskning Manchester Yunayted'ni sotib olish rejalari haqidagi tvitiga 696 mingdan ortiq layk yig‘ilgan va deyarli 107 ming marta baham ko‘rilgan.

Avvalroq Ilon Mask qariyb 7 milliard dollarlik Tesla aksiyalarini sotgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar