Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Tesla asoschisi va bosh direktori Ilon Mask kompaniyaning 7,9 mln dona aksiyasini jami 6,9 mlrd dollarga sotdi Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Mask 4-avgust kuni Ostinda (Texas) bo‘lib o‘tgan Tesla aksiyadorlarining yillik yig‘ilishidan so‘ng 5-9 avgust kunlari aksiyalarini sotgan.

Birja savdosi biznesmen Twitter’ni 44 mlrd dollarga sotib olish va keyingi sud jarayonlaridan voz kechganidan bir necha hafta o‘tib amalga oshirildi. Bloomberg agentligiga ko‘ra, milliarder shartnoma pulini to‘lashga majbur bo‘lgan taqdirda mablag‘ kerak bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida Mask foydalanuvchining agar kelishuv amalga oshmasa, aksiyalarni qaytarib sotib oladimi yoki yo‘qmi degan savoliga “ha” deb javob berdi.

So‘nggi o‘n oy ichida tadbirkor Tesla’ning qariyb 32 mlrd dollarlik aksiyalarini sotgan. So‘nggi bor aprel oyida 8,4 mlrd dollarlik aksiyalar sotilgan.

Endi Maskga tegishli Tesla aksiyalari miqdori 155 mln donani tashkil etadi. NASDAQ birjasida aksiyalar 2,44 foizga tushib, bir aksiya uchun 850 dollarga yetdi.

Hozirda Forbes Maskning umumiy boyligini 255,1 mlrd dollarga baholamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi