Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya yetakchisi Yun Sok Yol prezidentligining 100-kunida G‘arbiy Koreya ko‘rfazi yo‘nalishida ikkita qanotli raketa uchirdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Bugun (17-avgust) ertalab Janubiy Pxyonan provinsiyasida Onchxon-gun tumanidan G‘arbiy dengizga qarata ikkita qanotli raketa uchirildi. Harbiylarimiz AQSH bilan yaqin hamkorlik qilish hamda ogohlikni va kuzatuvni kuchaytirish orqali to‘liq shaylikni saqlab turibdi”, — deya Khan nashriga o‘z manbasi ma’lum qildi.

Yonhap raketalar Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolning inauguratsiyasidan buyon 100 kun o‘tganidan keyin uchirilganiga e’tibor qaratdi. O‘sha kuni avvalroq u agar KXDR denuklearizatsiya (yadroviy qurolsizlanish)ga “qat’iy bel bog‘lagani”ni namoyon qilsa, Janubiy Koreya o‘z qo‘shnisiga iqtisodiy va texnologik jihatdan yordam berishini aytgandi. Shu bilan birga, Yun Sok Yol Shimoliy Koreya hukumatiga hech narsa xavf solmasligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya va AQSH 16-avgustdan buyon mamlakat shimolida, KXDR bilan chegara yaqinida “Ozodlik qalqoni” harbiy mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

2018-yilda AQSH va KXDR xavfsizlik kafolati va sanksiyalar olib tashlanishi evaziga Shimoliy Koreyani yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan edi. Biroq keyinroq Pxenyan Vashingtonni muzokaralarni cho‘zishda aybladi va bitimni “qopqon” deb atadi. 2020-yil boshida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In agar AQSH KXDRga nisbatan dushmanlarcha siyosatdan voz kechmasa, “yarim orolda hech qachon denuklerarizatsiya bo‘lmasligi”ni aytdi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish yadro quroliga ega mamlakatlarni bir necha marta qurolsizlanish yo‘liga qaytishga chaqirgan va yadro quroli qo‘llanilmasligiga yagona kafolat — uni to‘liq yo‘q qilish ekanini aytgandi. Janubiy Koreyaga so‘nggi tashrifi chog‘ida ham u KXDRni yadroviy qurolsizlanishga chaqirgandi.

Bunga javoban Shimoliy Koreya TIV vakili Kim Son Gyon ushbu bayonotlar bosh kotib majburiyatlariga zid ekanini, chunki ularda “xolislik va adolat” yo‘qligini va ular “xalqaro hamjamiyatning adolatli pozitsiyasi”ni bildirmasligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi