Daryo

Ilon Mask “Manchester Yunayted”ni sotib olish haqidagi gapi hazil ekanini ma’lum qildi

Mask “Manchester Yunayted”ga befarq emasligini ham qayd etib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish16 132 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Amerikalik milliarder Ilon Mask “Manchester Yunayted” klubini sotib olishi haqida yozganlari hazil bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Twitter’dagi postidan keyin foydalanuvchilardan biri Maskdan haqiqatda “Manchester Yunayted”ni sotib olish niyati jiddiy yoki yo‘qligi haqida so‘radi.

“Yo‘q, bu Twitter’dagi eski hazil. Men hech qanday sport jamoasini sotib olmayman”, — deya javob bergan Ilon Mask.

Mask “Manchester Yunayted”ga befarq emasligini ham qayd etib o‘tdi.

“Darvoqe, agar qandaydir jamoani sotib oladigan bo‘lsam ham, bu ‘Manchester Yunayted’ bo‘ladi. U bolalikda sevimli jamoam bo‘lgan”, — deya qo‘shimcha qiladi tadbirkor.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar