Daryo

Ilon Mask “Manchester Yunayted”ni sotib olayotganini aytdi

Mask bu haqda Twitter sahifasida ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish22 352 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Amerikalik tadbirkor, injener va milliarder Ilon Mask “Manchester Yunayted” futbol klubini sotib olish istagida ekanini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Twitter sahifasida o‘z siyosiy qarashlari haqida gapirar ekan, ingliz klubini sotib olish istagida ekanini ham qo‘shib ketdi.

“Men Respublikachilar partiyasining o‘ng yarmini va Demokratik partiyaning chap yarmini qo‘llab quvvatlayman.

Bundan tashqari “Manchester Yunayted”ni sotib olyapman, xush kelibsiz”, — deydi Mask.

“Manchester Yunayted” klubi amerikalik aka-uka Gleyzerlarga tegishli. So‘nggi vaqtlarda klub sotilishi mumkinligi va unga qator xaridorlar borligi haqida xabarlar yangramoqda.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar