Daryo

O‘zbekistonda 2022-yilning yarmida eng ko‘p foyda ko‘rgan banklar ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p sof foyda olgan banklarning dastlabki beshligidan bu safar 2 ta xususiy bank ham o‘rin olgan

1 daqiqa o‘qish34 229 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston banklarining 2022-yil yarim yilligida jami sof foydasi 4,7 trln so‘mni tashkil qildi.

Foto: “Daryo”

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 33 ta bankning 27 tasi birinchi yarim yillikni sof foyda bilan yakunlagan. 

Eng ko‘p sof foyda olgan banklarning dastlabki beshligidan bu safar 2 ta xususiy bank ham o‘rin olgan. 

Eng ko‘p sof foyda olgan 5 ta bank:

  • “Milliy bank” — 986 mlrd so‘m;
  • “Ipoteka bank” — 608,4 mlrd so‘m;
  • “Kapital bank” — 486,8 mlrd so‘m;
  • O‘zSQB — 416,5 mlrd so‘m; 
  • Trastbank — 329,3 mlrd so‘m. 

2022 yil 1-yarim yillikni 6 ta bank zarar bilan yakunlagan:

  • TBC bank — 80,4 mlrd so‘m;
  • “Turkiston bank” — 22,9 mlrd so‘m;
  • “O‘zagroeksportbank” — 20,7 mlrd so‘m;
  • “Anorbank” — 18,5 mlrd so‘m;
  • Hi-tech bank — 7,9 mlrd so‘m;  
  • “Ravnaq bank” — 7,2 mlrd so‘m.

Faoliyat boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan raqamli bank — Bank Apelsin 23,7 mlrd sof foyda olgan.

Avvalroq O‘zbekistondagi eng faol banklar ro'yxati yangilangan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar