Daryo

O‘zbekistondagi eng faol banklar ro'yxati yangilandi

Yirik banklar orasida “Kapitalbank”, kichik banklar orasida esa “Davr bank” yetakchilik qilmoqda

2 daqiqa o‘qish28 993 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2022-yil ikkinchi choragi bo‘yicha “Banklar faollik indeksi” hisoblab chiqildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mazkur indeks O‘zbekistondagi 31 ta bankni qamrab olgan bo‘lib, bank tizimidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligi, raqobat muhiti o‘zgarishi hamda barqarorlik darajasini baholab borish maqsadida tuziladi.

Indeksni hisoblashda banklarning 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 21 ta ko‘rsatkichlari: moliyaviy vositachilik, moliyaviy ommaboplik, kapital yetarliligi, aktivlar sifati, boshqaruv samaradorligi, daromad olish salohiyati hamda likvidlilik kabilar tahlil qilinadi.

2022-yil 1-iyun holatiga O‘zbekiston bank tizimining aktivlari 493,7 trln so‘mni (2021-yil 1-iyun holatiga ko‘ra 25 foizga o‘sgan), majburiyatlari – 420,2 trln so‘mni (o‘sish 26 foiz), kreditlar — 345,2 trln so‘mni (o‘sish 15,9 foiz), depozitlar — 173,9 trln so‘mni (37,8 foiz) tashkil etdi.

Markaz tadqiqotida banklar ikki guruhga bo‘lingan — katta va kichik. Reyting ushbu guruhlarning har biri uchun alohida-alohida tuzilgan. Shu bilan birga, kichik banklar guruhiga faqat Toshkent shahrida (yoki faqat bitta viloyatda) faoliyat yurituvchi banklar kiradi.

Yirik banklar reytingi

Ushbu guruhda “Kapitalbank” 1-o‘rinni saqlab qolgan bo‘lsa, Trast bank 1 pog‘onaga ko‘tarilib, 2-o‘rinni egalladi. 

“Trast bank” reytingning ikkinchi pog‘onasini egallab, o‘zining yetakchi o‘rnini saqlab qoldi va “Hamkor bank” 1 pog‘onaga ko‘tarilib, kuchli uchlikni yopdi

Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

1-o‘rin. ‘‘Kapitalbank’’ moliyaviy vositachilik (1-o‘rin), moliyaviy ommaboplik (1-o‘rin), aktivlar sifati (1-o‘rin) va likvidlilik (3-o‘rin) ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi banklardan biri bo‘lib kelayotgani mazkur bankning 1-o‘rinda saqlanib qolishiga yordam berdi. 

2-o‘rin. Trast bank’ning daromad olish salohiyati (1-o‘rin), likvidlilik (1-o‘rin) hamda aktivlar sifati (2-o‘rin) bo‘yicha ko‘rsatgan natijalari mazkur bankning 2-o‘ringa ko‘tarilishini ta’minladi. 

3-o‘rin. ‘‘Hamkorbank’’ning daromad olish salohiyati (2-o‘rin), aktivlar sifati (4-o‘rin) bo‘yicha ko‘rsatkichlari uchlikka kirishiga yordam berdi. 

Kichik banklar reytingi

Ushbu guruhda “Davr bank” (1-o‘rin) o‘z o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa, “Universal bank” 3 pog‘ona yuqorilab 2 o‘ringa ko‘tarildi. Uchinchi o‘rinni esa Ziraat bank egalladi. TBC bank 6-o‘rindan uch pog‘ona pastga tushib ketdi. 

Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

1-o‘rin. ‘‘Davr bank’’ umumiy reytingda yetakchilikni saqlab qolishiga moliyaviy ommaboplik (1-o‘rin), aktivlar sifati (1-o‘rin), boshqaruv samaradorligi (5-o‘rin) hamda daromad olish salohiyati (4-o‘rin) ko‘rsatkichlari bo‘yicha top-5 kichik banklar qatorida barqaror qolayotgani sabab bo‘ldi. 

2-o‘rin. “Universal bank” reytingda ko‘tarilishiga moliyaviy vositachilik (1-o‘rin), boshqaruv samaradorligi (2-o‘rin), moliyaviy ommaboplik (5-o‘rin) va aktivlar sifati (5-o‘rin) bo‘yicha beshlikda borayotgani yordam berdi. 

3-o‘rin. Ziraat bank’ning 3-o‘rinda ekanligiga moliyaviy vositachilik bo'yicha 4-o‘rinda bormoqda.  

Avvalroq O‘zbekistonda birinchi chorakda banklar tomonidan qariyb 700 mlrd so‘mlik soliq to‘langani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar