Daryo

Putin Tehronda Erdo‘g‘on va Raisiy bilan uchrashadi — Kreml

19-iyul kuni Rossiya rahbari Eronga uchadi

1 daqiqa o‘qish33 272 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Kremlin.ru”

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin kelgusi hafta Eronga tashrif buyurishini tasdiqladi. 19-iyul kuni Rossiya rahbari Islom respublikasiga uchib, u yerda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashadi. Vladimir Putinning tashrifi haqida avvalroq Eron tomoni xabar bergan edi.

Foto: “Kremlin.ru”

“Uch tomonlama uchrashuvdan tashqari, albatta, ikki tomonlama uchrashuvlar ham bo‘ladi. Kecha biz Putin va Erdo‘g‘on o‘rtasida kutilayotgan oliy darajadagi muloqotlar haqida xabar bergan edik va bu uchrashuv ham o‘sha yerda (Eronda — tahr.) bo‘lib o‘tadi”, — dedi matbuot kotibi prezidentning bo‘lajak tashrifi tafsilotlariga to‘xtalib.

Ukrainada urush boshlanganidan keyin Vladimir Putin xorijga bor-yo‘g‘i ikki marta tashrif buyurdi: Tojikiston va Turkmanistonga. Mart oyida Rossiya joriy etilgan sanksiyalar soni bo‘yicha Eronni ortda qoldirib, unga nisbatan eng ko‘p cheklovlar qo‘yilgan davlatga aylandi. Eron Markaziy banki Islom respublikasi G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish tajribasini Rossiya bilan o‘rtoqlashgani haqida xabar berdi.

Mavzuga doir: Lavrov Putin va Zelenskiy qanday sharoitda uchrashishi mumkinligini aytdi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar