Daryo

Rasman: “PSV” de Yongni ijaraga oldi

Niderlandiya klubi futbolchini bir mavsumga ijaraga oldi

1 daqiqa o‘qish18 140 ko‘rishlar0 izoh0
ZEIST, NETHERLANDS - SEPTEMBER 3: Luuk de Jong of Holland, Frenkie de Jong of Holland during the Training MenTraining Holland at the KNVB Campus on September 3, 2020 in Zeist Netherlands (Photo by Eric Verhoeven/Soccrates/Getty Images)

“Barselona“da 2021/22-yilgi mavsum ijarada o‘ynagan “Sevilya” hujumchisi Lyuk de Yong “PSV”ga o‘tdi.

Foto: “PSV”

“PSV” hujumchi uchun “Sevilya”ga 4 million yevro to‘lab beradi.

Qayd etib o‘tish joiz, de Yong ispan jamoasiga aynan “PSV”dan kelib qo‘shilgan edi. Niderlandiya klubida Lyuk 2014-yildan 2019-yilga qadar faoliyat olib borgan. Shundan so‘ng “Sevilya” 12,5 million yevro evaziga hujumchini o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, Lyuk de Yong o‘tgan mavsum “Barselona” safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar