Daryo

O‘zbekistonda qaysi soha vakillari eng ko‘p maosh olishi ma’lum bo‘ldi

2022-yilda axborot texnologiyalari sohasi vakillari eng ko‘p o‘rtacha ish haqi olgan — 11,7 mln

1 daqiqa o‘qish74 108 ko‘rishlar0 izoh0

2022-yildagi eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar ro‘yxati ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga “hh.uz” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eng ko‘p maoshli mutaxassisliklar axborot texnologiyalari va konsultatsiya sohalari bo‘lib, ularda maksimal darajadagi oylik ish haqi 51 mln so‘mga teng bo‘lgan.

2022-yilda axborot texnologiyalari sohasi vakillari eng ko‘p o‘rtacha ish haqi olgan — 11,7 mln. Mahalliy xodimlar esa 2,7 mln bilan eng kam o‘rtacha ish haqiga ega.

Turli sohalarda o‘rtacha oylik ish haqi:
  • Konsalting — 10,9 mln;
  • Oliy menejment — 10,7 mln;
  • Tibbiyot, farmatsevtika — 8,6 mln;
  • Qurilish, ko‘chmas mulk — 8,3 mln;
  • Advokatlar — 7,6 mln;
  • Xodimlarni boshqarish, treninglar — 6,9 mln;
  • Banklar, investitsiyalar, lizing — 6,8 mln;
  • Fan, ta’lim — 6,8 mln;
  • Ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi — 6,6 mln;
  • Xaridlar — 6,2 mln;
  • Buxgalteriya hisobi va moliya — 6 mln;
  • Savdo — 5,8 mln;
  • Marketing, reklama, PR — 5,7 mln;
  • Jihozlarni o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish — 5,5 mln;
  • Transport, logistika — 5,4 mln;
  • San’at, ko‘ngilochar, ommaviy axborot vositalari — 5 mln;
  • Operatsion xodimlar — 5 mln;
  • Sug‘urta — 4,9 mln;
  • Xavfsizlik — 4,8 mln;
  • Yangi ish boshlaganlar va talabalar — 4,8 mln;
  • Avtomobil biznesi — 4,7 mln;
  • Turizm, mehmonxonalar, restoranlar — 4,1 mln;
  • Ma’muriy xodimlar — 4 mln;
  • Sport klublari, go‘zallik salonlari xodimlari — 3,4 mln;
  • Xomashyo qazib olish — 2,8 mln;
  • Mahalliy xodimlar — 2,7 mln.
Avvalroq ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari 1000 dollardan ko‘proq maosh olishlari mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar