Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda asosiy stavkani 17 foizdan 16 foizga tushirildi. Markaziy bank buni mamlakat iqtisodiyoti qisqa muddatli salbiy to‘lqinlari ortda qoldirgani bilan izohladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Natijada so‘nggi ikki oyda O‘zbekiston iqtisodiyotida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda.

Xususan, tashqi savdo va pul o‘tkazmalari hajmining tez tiklanishi xorijiy valyuta taklifini oshirib, milliy valyuta kursining mustahkamlanishiga xizmat qildi.

 

Yanvar—mart oylarida O‘zbekistonga har oyda o‘rtacha 490 million dollar pul jo‘natmalari tushgan bo‘lsa, aprel—may oylarida bu ko‘rsatkich 1,3 milliard dollarga yetdi.

Shuningdek, eksport tushumlari hisobidan oylik eksport tushumi 1,3 barobar, ichki valyuta bozorida eksport tushumlari hisobidan amalga oshirilgan mablag‘lar miqdori esa 1,4 barobar oshgan.

Shu bilan birga, yil oxirigacha jahon iqtisodiyotida yuqori darajadagi noaniqlik va risklar saqlanib qoladi, deya ogohlantirdi Markaziy bank.

Avvalroq asosiy stavkani 16 foizgacha pasayishi nimani anglatishi va endi O‘zbekistonda nima o‘zgarishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?