Daryo

Erdo‘g‘on Shvetsiya mudofaa vazirining ishdan olinishini talab qildi

Bu masala Shvetsiyaning NATOga kirishi bo‘yicha ikki davlat vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ko‘tarilgan

1 daqiqa o‘qish41 818 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson mudofaa vaziri Piter Xultkvistni iste’foga chiqarishi kerakligini aytdi. Bu haqda Expressen nashri xabar berdi.

Foto: Reuters

Nashrning yozishicha, Turkiya rahbarining talabi taxminan 10 yil avval Xultkvistning Kurdiston ishchilar partiyasi va uning qamoqdagi rahbari Abdulla O‘jalanni go‘yoki “ulug‘lagani” bilan bog‘liq.

“Turkiya Xultkvistning mudofaa vaziri lavozimidan chetlatilishini istaydi”, — dedi nashr manbasi. Qayd etilishicha, bu masala Shvetsiyaning NATOga kirishi bo‘yicha ikki davlat vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida ko‘tarilgan.

Avvalroq Erdo‘g‘on Finlyandiya va Shvetsiya bilan NATO bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralardan norozi bo‘lgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar