Daryo

Mask Twitter’ni sotib olish uchun 6,25 mlrd dollar yig‘di

Milliarder Tesla kompaniyasidagi ulushi bilan bog‘liq bo‘lgan bank kreditlari hisobiga kelishuvni qisman moliyalashtirish rejalaridan voz kechgan

1 daqiqa o‘qish17 219 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Bloomberg

Tadbirkor Ilon Mask Twitter’ni sotib olish uchun 6,25 mlrd dollar yig‘di. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, u jami 33,5 mlrd dollar sarflashga tayyor. 

Foto: Bloomberg

Agentlik ma‘lumotlariga ko‘ra, tadbirkor o‘zining Tesla kompaniyasidagi ulushi bilan bog‘liq bo‘lgan bank kreditlari hisobiga kelishuvni qisman moliyalashtirish rejalaridan voz kechgan. Aynan shu reja sababli Tesla aksiyalari tushib ketgan edi.

Ilon Mask Twitter’ni aprel oyi oxirida sotib olishga rozi bo‘ldi. Kelishuv 44 mlrd dollarga baholandi. 

Dastavval milliarder banklardan 25,5 mlrd dollar qarz olib, yana 21 mlrd dollarni o‘z pulidan to‘lashni rejalashtirgan. 

13-may kuni u ijtimoiy tarmoqdagi soxta akkauntlar sonini tekshirish zarurati tufayli bitim to‘xtatilganini ma’lum qildi. 

Keyinchalik Ilon Mask botlar soni 5 foizdan kam bo‘lmaguncha Twitter’ni sotib olmasligini aytdi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar