Daryo

“Tor: Sevgi va yashin” filmining kengaytirilgan treyleri chiqdi

2022-yilning iyul oyida jahon prokatiga chiqadigan lentada Rassel Krou, Tessa Tompson, Tayka Vaytiti ham suratga tushgan

1 daqiqa o‘qish49 262 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Pluggedin

Marvel kinokompaniyasi “Tor” filmining to‘rtinchi qismiga bag‘ishlangan to‘liq treylerni taqdim etdi. Lenta 2022-yilning iyul oyida jahon prokatiga chiqadi, deb xabar beradi “Film.ru”.

Foto: Pluggedin

Sujetga ko‘ra, Tor (Kris Xemsvort) sobiq sevgilisi Jeyn Foster (Natali Portman) bilan yana topishadi. Bu safar ayol yashin xudosi majburiyatlarini zimmasiga olib, “Myolnir” bolg‘asining egasiga aylanadi. Ular birgalikda xudolar qotili Gorrga (Kristian Beyl) qarshi jang qiladi.

Lentada, shuningdek, Rassel Krou (Zevs), Tessa Tompson (Valkiriya), Tayka Vaytiti, Kris Pratt, Deyv Batista, Karen Gillan, Mett Deymon va boshqalar suratga tushgan. Vaytiti “Tor: Ragnaryok”dan keyin rejissorlik va ssenariy yozishga qaytgan.

Avvalroq “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan filmlar o‘ntaligiga kirgani, “Doktor Strenj 2” jahon prokatida 700 million dollar to‘plagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: “O‘rgimchak odam” va “Eyforiya” MTV Awards’da eng ko‘p mukofotga da’vogarlik qilmoqda

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar