Daryo

“O‘rgimchak odam” va “Eyforiya” MTV Awards’da eng ko‘p mukofotga da’vogarlik qilmoqda

Yilning eng yaxshi filmi nomi uchun “O‘rgimchak odam” va “Betmen”dan tashqari, “Dyuna”, “Chinqiriq”ning beshinchi qismi, “Shan-Chi va o‘n halqa afsonasi” hamda “‘Adam’ loyihasi” kurashadi

2 daqiqa o‘qish23 710 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Film.ru”

MTV Movie & TV Awards—2022 mukofotiga nomzodlar nomi ma’lum bo‘ldi. Ular orasida “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q”, “Eyforiya” va “Betmen” eng ko‘p tilga olingan, deb xabar beradi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru”

Yilning eng yaxshi filmi nomi uchun “O‘rgimchak odam” va “Betmen”dan tashqari, “Dyuna”, “Chinqiriq”ning beshinchi qismi, “Shan-Chi va o‘n halqa afsonasi” hamda “‘Adam’ loyihasi” kurashadi.

“Eyforiya” bilan birga eng yaxshi serial nomiga “Kalmar o‘yini”, “Annani kashf etib”, “Yelloustoun”, “Loki” va “Ted Lasso” da’vogarlik qilmoqda.

MTV Awards’da genred bo‘yicha ajratishlar yo‘q, shu sababli eng yaxshi erkak va ayol aktyorlar yo‘nalishi “eng yaxshi rol”ga birlashtirilgan. Nomzodlar — Sandra Bullok (“Yo‘qolgan shahar”), Ledi Gaga (“Guchchi uyi”), Timoti Shalame (“Dyuna”), Tom Xolland (“Uyga yo‘l yo‘q”) va Simu Lyu (“Chan-Chi”).

Taqdirlash marosimi 5-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar ro‘yxati quyidagicha:

Eng yaxshi film
  • “Betmen”;
  • “Dyuna”;
  • “Chinqiriq”;
  • “‘Adam’ loyihasi”;
  • “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q”;
  • “Shan-Chi va o‘n halqa afsonasi”.
Eng yaxshi serial:
  • “Kalmar o‘yini”;
  • “Annani kashf etib”;
  • “Yelloustoun”;
  • “Loki”;
  • “Ted Lasso”;
  • “Eyforiya”.
“Kinodagi eng yaxshi rol”:
  • Sandra Bullok — “Yo‘qolgan shahar”;
  • Ledi Gaga — “Guchchi uyi”;
  • Robert Pattinson — “Betmen”;
  • Timoti Shalame — “Dyuna”;
  • Tom Xolland — “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q”.
Serialdagi eng yaxshi rol:
  • Lili Jeyms — “Pen va Tommi”;
  • Zendeya — “Eyforiya”;
  • Kelli Raylli — “Yelloustoun”;
  • Amanda Raylli — “O‘yindan tashqari”;
  • Sidni Suini — “Eyforiya”.
Eng yaxshi qahramon:
  • Oskar Ayzek — “Oy ritsari”;
  • Skarlett Yoxansson — “Qora beva”;
  • Deniel Kreyg — “O‘lish vaqti emas”;
  • Simu Lyu — “Shan-Chi va o‘n halqa afsonasi”;
  • Tom Xolland — “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q”.
Eng yaxshi yovuz qahramon:
  • Uillem Defo — “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q”;
  • Jeyms Jud Kortni — “Xellouin o‘ldiradi”;
  • Viktoriya Pedretti — “Sen”;
  • Deniel Redkliff — “Yo‘qolgan shahar”;
  • Kolin Farrell — “Betmen”.
Eng yaxshi komediyaviy rol:
  • Brett Goldsin — “Ted Lasso”;
  • Jonni Noksvill — “Bir umrlik g‘alatilar”;
  • Rayan Reynolds — “Bosh qahramon”;
  • Jon Sina — “Tinchlikparvar”;
  • Megan Stalter — “Ayyorliklar”.
Yil yangiligi:
  • Xanna Aynbaynder — “Ayyorliklar”;
  • Ariana DeBoz — “Vestsayd hikoyasi”;
  • Sofiya Di Martino — “Loki”;
  • Alana Xaim — “Qizilmiyali pitssa”;
  • Chon Xo-Yon — “Kalmar o‘yini”.
Eng yaxshi jang sahnasi:
  • Kessi Meddiga qarshi — “Eyforiya”;
  • Qahramon G‘alatiga qarshi — “Bosh qahramon”;
  • Avtobusdagi mushtlashuv — “Shan-Chi va o‘n halqa afsonasi”;
  • Final jangi — “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q”;
  • Beva bevalarga qarshi — “Qora beva”.
Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar