Daryo

Kal va juda ozib ketgan Kristian Beyl “Tor 4”ning suratga olish maydonchasiga keldi (foto)

Beyl ushbu kartinada komikslar bo‘yicha Torning azaliy dushmani Gorr rolini ijro etmoqda

1 daqiqa o‘qish65 770 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Film.ru”

O‘zining tana og‘irligi bo‘yicha ko‘plab tajribalar o‘tkazishi bilan tanilgan Kristian Beyl “Tor” filmining to‘rtinchi qismini suratga olish maydonchasiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru”

Aktyor juda ozib ketgani va sochini butunlay oldirib tashlagani sabab muxlislar avvaliga uni tanimagan.

Kristian Beylning surati Palm-Bichda olingan bo‘lib, aktyor bu yerga oilasi bilan dam olish uchun kelgan. Ushbu manzildan bir soatlik yo‘l uzoqligida — Sidneyda ayni vaqtda “Tor: Sevgi va yashin” filmi suratga olinmoqda.

https://twitter.com/TheFilmUpdates/status/1383789091913834506

Beyl ushbu kartinada komikslar bo‘yicha Torning azaliy dushmani Gorr rolini ijro etmoqda. U birinchi bor Marvel’da 2013-yilda paydo bo‘lgan.

Kartina sujeti hozircha noma’lum. Filmga “Ragnaryok”ni suratga olgan Tayka Vaytiti rejissorlik qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Myolnirga Jeyn Foster — Torning sobiq sevgilisi ega chiqadi. Kartina premyerasi 2022-yilning 5-mayiga mo‘ljallangan.

Mavzuga doir: Gollivud aktyori Kristian Beyl karyerasi davomida 274 kiloga semirib, ozgani aniqlandi (video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar