Daryo

Rasman: “Borussiya D” Marko Rozeni iste’foga chiqardi

45 yoshli mutaxassis bir mavsumlik boshqaruvdan so‘ng dortmundliklar safini tark etdi

1 daqiqa o‘qish33 150 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

“Borussiya Dortmund” bosh murabbiy Marko Rozeni iste’foga chiqardi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Dortmundliklar 45 yoshli mutaxassis bilan shartnomani bekor qildi.

“O‘tgan mavsumni chuqur tahlil qilgan holda, klub oldinga siljishga qaror qildi. Marko Rozega omad tilaymiz”, — deyiladi “Borussiya” bayonotida.

Nemis mutaxassisi “Dortmund” klubiga 2021-yil yozida bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

“Borussiya D” Roze qo‘l ostida 34 o‘yinda 69 ochko jamg‘argan holda Bundesligada ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jamoa Germaniya Kubogida 1/8 finalda “Sankt-Pauli”ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgandi. Yevropa Ligasi 1/8 finaliga o‘tish o‘yinida esa “Reynjers”ga mag‘lub bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar