Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qisman tan olingan Janubiy Osetiya respublikasi prezidenti Anatoliy Bibilov bu galgi saylovlarda g‘alaba qozona olmadi, deb yozadi “Interfaks”. 8-may kuni bo‘lib o‘tgan saylovning ikkinchi turida Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, “Nixas” siyosiy partiyasi yetakchisi Alan Gagloyev g‘alaba qozongan.

Anatoliy Bibilov

Anatoliy Bibilov
Foto: “Kremlin.ru”

Bayonnomalarning 18 foizi ko‘rib chiqilgach, Gagloyev 3686 (59,22 foiz), Bibilov esa 2274 (37 foiz) ovoz olgani ma’lum bo‘ldi.

Bibilov allaqachon mag‘lubiyatini tan olgan va Gagloyevga omad tilagan.

Janubiy Osetiyada prezidentlik saylovlarining birinchi turi 10-aprel kuni bo‘lib o‘tgandi.

Mart oyi oxirida Anatoliy Bibilov Janubiy Osetiya Rossiyaga qo‘shilish uchun “qonuniy choralar” ko‘rishini ma’lum qilgandi. U buni prezidentlik saylovlaridan so‘ng amalga oshirishga va’da bergan. Janubiy Osetiya parlamenti spikeri Valeriy Kvarchiya Bibilovning bayonotiga javoban, respublika Konstitutsiyasida “mamlakat mustaqil davlat deya aniq qilib belgilanganini” ta’kidladi.

Dunyoning aksariyat davlatlari Janubiy Osetiya mustaqilligini va shunga mos ravishda uning prezidenti saylovi natijalarini tan olmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Braziliya Janubiy Koreyaga qarshi, Portugaliya esa Shveysariya bilan bahs olib boradi. JCH—2022 nimchorak finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
Mirobodda eng qimmat: Toshkentda noyabr oyi uchun uylar narxi tahlil qilindi
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi