Daryo

Belarusda kutilmaganda Qurolli kuchlar shayligini tekshirish boshlandi

Belarus Mudofaa vazirligi bu “Yevropa hamjamiyatiga, xususan qo‘shni davlatlarga hech qanday tahdid solmasligini” ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish37 556 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lrager

Belarus Qurolli kuchlarida to‘satdan shaylikni tekshirish boshlandi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Lrager

Tekshiruvning maqsadi — “harbiy xizmatchilarning inqirozli vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda zudlik bilan javob qaytarishga tayyorligi va qobiliyatini baholash”. Harbiy qismlar shay holatga keltirish, majburiy marshlar va boshqa vazifalarni bajaradi.

Vazirlik tekshiruvda ishtirok etuvchi kuchlarning tarkibini bosqichma-bosqich oshirib borish va manyovrlar davomida “katta miqdordagi harbiy texnika”ni olib o‘tish rejalashtirilganini ta’kidladi hamda shu sabab tirbandlik yuzaga kelishi mumkinligini bildirib, fuqaro haydovchilarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Belarus Mudofaa vazirligi voqealar “Yevropa hamjamiyatiga, xususan, qo‘shni davlatlarga hech qanday tahdid solmasligini” ta’kidladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar